Biologiya fanini o‘qitishda 3D texnologiyalardan foydalanishning asosiy maqsadi — o‘quvchilarda biologik jarayonlar, obyektlar va tizimlar haqidagi fazoviy tasavvurni shakllantirish, murakkab biologik tuzilmalarni tushunishni osonlashtirish hamda bilimlarni mustahkamlash samaradorligini oshirishdan iborat.
3D texnologiyalar biologiyani o‘qitishda quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
murakkab biologik obyektlarni vizual va interaktiv ko‘rinishda namoyish etish;
biologik jarayonlarni (mitoz, meyoz, fotosintez, qon aylanishi) dinamik modellashtirish;
laboratoriya ishlarini virtual muhitda bajarish;
o‘quvchilarning mustaqil va tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirish;
tushunish, tahlil qilish va umumlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish.